2026-yil – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili hamda Navroʻz – umumxalq bayramiga bagʻishlab universitetimiz professor-oʻqituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida “Sport – sogʻlom xalq, sogʻlom jamiyatning tayanch ustunidir” shiori ostida oʻtkazilayotgan universitet birinchiligi – “Rektor kubogi” sport musobaqalari davom etmoqda.

Bugun stol tennisi boʻyicha bellashuvlar boʻlib oʻtdi va tomoshabinlar kutilmagan natijalarga guvoh bo‘ldilar.

Erkaklar oʻrtasida:
1-oʻrin: Yusuf Azimov (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti dotsenti).
2-oʻrin: Tigran Avanesov (Energetika muhandisligi fakulteti assistenti).
3-oʻrin: Husan Abdinazarov (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti assistenti).

Xotin-qizlar bahsida:
1-oʻrin: Shamshinur Yoqubova (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti professori).
2-oʻrin: Umida Toʻrayeva (Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti assistenti).
3-oʻrin: Nasiba Ergasheva (Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti professori).

Gʻolib va sovrindorlarni ushbu muvaffaqiyatlari bilan samimiy muborakbod etamiz!