Bugun Qarshi shahridagi muhtasham, yangi suv sporti saroyida “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” musobaqalarining suzish boʻyicha viloyat bosqichi bellashuvlari boʻlib oʻtdi.

Quvonchlisi, mazkur musobaqada ishtirok etgan 6 nafar talabamizning barchasi gʻolib va sovrindor sifatida eʼtirof etildi. Endi sportchilarimiz respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladilar.

Natijalar bilan tanishing. Suzuvchilarimiz 5 ta yoʻnalish boʻyicha 1-oʻringa sazovor boʻldilar.

Erkin usuldagi estafeta (4x50) bahslarida 1-oʻrin:
Ozodbek Tangriyev (Transport va qurilish muhandisligi fakulteti),
Mirjalol Barnoyev (Energetika muhandisligi fakulteti),
Zafar Xoʻjamberdiyev (Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti),
Doniyor Sharipov (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti).

100 metr masofaga erkin usulda suzishda Asilbek Aliyev (Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt fakulteti) 1-oʻrinni, Mirjalol Barnoyev (EMF) 2-oʻrinni egalladi.

100 metrga chalqancha usulda suzishda Mirjalol Barnoyev (EMF) gʻolib boʻldi.

Energetika muhandisligi fakulteti talabasi Sevara Naimova 50 va 100 metrga erkin usulda suzishda hammadan oʻzib ketdi va 1-oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

100 metr masofaga chalqancha usulda suzishda Nodirbek Bekmurodov (Irrigatsiya muhandisligi fakulteti) marraga ikkinchi boʻlib keldi.
Talabalarimizni ushbu gʻalabalar bilan samimiy muborakbod etamiz va respublika bosqichida ham omad yor boʻlishini tilaymiz!