TALABALAR BILAN MULOQOT

TALABALAR BILAN MULOQOT

TALABALAR BILAN MULOQOT

    Yakunlanayotgan yil universitetimiz faoliyatida muhim gʻalabalar va yuksak natijalar bilan tarix sahifalariga muhrlanadigan boʻldi. Bunda talabalarning ham munosib hissasi bor.

    Bayram arafasida rektor Sherzod Neʼmatov iqtidorli talabalar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi.

    Uchrashuvda yoshlarning ilm-fan va sport sohasidagi yutuqlari eʼtirof etildi. 2026-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim vazifalar belgilab olindi. Oʻz navbatida, talabalar tomonidan kreativ gʻoyalar va takliflar bildirildi.

    Turli sohalarda faollik koʻrsatgan, oʻzlarining tashabbuskor loyihalari bilan tengdoshlariga namuna boʻlib kelayotgan bu talabalarga tashakkurnomalar topshirildi.