“Global iqlim oʻzgarishi sharoitida suv tanqisligini yumshatish, qishloq xoʻjaligini raqamlashtirishda “Smart” texnologiyalardan foydalanish usullari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkaziladi.
Anjumanda iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida soha korxonalarining ishlab chiqarishdagi mavjud muammolari va ularning yechimlari, mazkur yoʻnalishdagi xalqaro tajribani oʻrganish kabi masalalar muhokama qilinadi.
Anjumanda qishloq va suv xoʻjaligi hamda yer sohalari boʻyicha maqolalar qabul qilinadi.
Sanasi: 2026-yil 27-28-mart.
Manzil: Qarshi davlat texnika universiteti.
Anjumanda ishtirok etish uchun talab boʻyicha rasmiylashtirilgan maqola, ishtirokchi anketasini 2026-yil 15-martgacha (shu kuni ham) akbar.abduazimov@mail.ru elektron manziliga yoki +99891 461-83-84; +99893 900-07-05; +998 87 213-04-87 raqamli telegram messenjerlariga joʻnatish lozim.